Germaniya yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda – Bild

Germaniyada yadro qurolidan foydalangan holda harbiy harakatlarni amalga oshirish maqsadida maxfiy mashqlar o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Germaniyada yadro qurolidan foydalangan holda harbiy harakatlarni amalga oshirish maqsadida yashirin mashqlar o‘tkazildi, deb yozadi Bild. RIA Novosti xabariga asosan.

Germaniya Aleksey Navalniyni jim turishga majbur qiladi

Gazetaning yozishicha, "Turg‘un peshin" deb nomlangan mashqlar Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Nyorfenix aviabazasida Germaniya havo kuchlari va NATOdagi ittifoqchilari ishtirokida o‘tkazilgan.

Manevrlarga yadro qurolini olib yurishga mo‘ljallangan qiruvchi-bombardimonchilar jalb qilingan. Maqolada aytilishicha, mashqlarning asosiy maqsadi - Germaniyani atom bombalaridan foydalangan holda mudofaa qilish.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda yadro urushini boshlash xavfi so‘nggi o‘ttiz yilga qaraganda ancha yuqori degan fikr bildirilgan. Mualliflarning fikriga ko‘ra, AQShning O‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqanligi - buning asosiy sababi deb ko‘rsatilgan.