FSB Volgogradda terakt oldini oldi

Tekshiruvlar natijasida Moskva, Sankt-Peterburg, Ufa hamda Maykop shaharlarida terrorchilarning sheriklari qo‘lga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiyaning Volgograd shahrida Federal Xavfsizlik xizmati xodimlari "Katiba Tauxid val-Djixad"* nomli xalqaro terrorchi guruh faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqida RIA Novostiga Kuch ishlatish muassasasi matbuot xizmati xabar qildi.  

“Qo‘lga olish vaqtida guruh rahbari va uning yordamchisi Volgograddagi yashirin joydan terrorchilik vositalarini olish vaqtida Rossiya FXX xodimlariga qurolli qarshilik ko‘rsatish oqibatida zararsizlantirildi”, - deyilgan muassasa xabarida

Bo‘lib o‘tgan tintuvlar oqibatida o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, qo‘lbola portlovchi moslamalarning tarkibiga kiruvchi kimoviy moddalar, zarar yetkazuvchi elementlari hamda diniy mazmundagi adabiyotlar va bo‘lajak hujum joylari belgilangan Volgograd xaritasi topilgan.

FSB "Hizb ut-Tahrir"ning ikki yetakchisini qo‘lga oldi

Bo‘lajak teraktlarni tayyorlash jarayonlari Suriya hududidan turib boshqarib turilgan. Terrorchilar hukumat organlari binolari, harbiylar yotoqxonalari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari va Ona-Vatan yodgorligini portlatib yubormoqchi bo‘lishgan.

Tekshiruvlar natijasida Moskva, Sankt-Peterburg, Ufa hamda Maykop shaharlarida terrorchilarning sheriklari qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, FXX direktori Aleksandr Bortnikov iyun oyining o‘rtalarida Rossiyada so‘nggi 10-yil ichida kamida 160ta teraktning oldi olingani 2019-yilda 43ta 2020-yilda 20ta teraktning oldi olingani haqida hisobot bergan edi.