TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadida 7 tonna insonparvarlik yordamini yubordi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, gumanitar yuk tarkibiga sun’iy nafas oldirish jihozlari, kislorod konsentratorlari, PZR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan.
BAA O‘zbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natdi
Tibbiy yuk O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatimizning barcha mintaqalarida tarqatish uchun topshiriladi.
BAA O‘zbekistonga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan tibbiy mahsulotlarni to‘rtinchi bor taqdim etmoqda.