Japarov Jeenbekov bilan uning iste’fosi to‘g‘risida muzokara o‘tkazmoqda

Bu orada Japarovning poytaxt markazida turgan tarafdorlari davlat qarorgohi tomon yurish rejasida ekanliklarini ma’lum qildilar.
Sputnik

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Sooronbay Jeenbekov va Sadir Japarov prezident iste’fosi to‘g‘risida muzokaralar olib borishmoqda, deb xabar berdi Qirg‘iziston rahbari matbuot-kotibi Tolgonay Stamaliyeva.

Sadir Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi

"Ha, muzokaralar o‘tkazishmoqda. Bosh vazir Japarov prezidentga bugun iste’foga chiqishni taklif etdi. Muzokaralar davom etmoqda", - deb aytgan Stamaliyeva Sputnik Qirg‘iziston nashriga.

Jeenbekov bugun bosh vazir lavozimiga Sadir Japarovni tasdiqlagan edi. Eski maydonda Japarovning mingdan ziyod tarafdorlari to‘planishgan - ular davlat rahbarining iiste’fosini talab qilishmoqda.

Japarov prezident bilan uning iste’fosi masalasini muhokama qilishi haqida xabar bergan. Bosh vazir tarafdorlari miting davomida kolonna bo‘lib "Ala-Archa" davlat qarorgohi tomon yurishlari mumkinligini ma’lum qilishgan. Qarorgoh yaqinida Jeenbekovni qo‘llab-quvvatlovchilar mitingi o‘tkazilmoqda.