Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatga olindi

Vladimir Putin “Vektor” markazi koronavirusga qarshi Rossiyaning ikkinchi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatga olinganini ma’lum qildi.

“Yoqimli xabar: Novosibirskning “Vektor” markazi koronavirusga qarshi ikkinchi Rossiya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bilishimcha, bizda uchinchi vaksina ham tayyor bo‘lmoqda”, - dedi u Hukumat a’zolari bilan yig‘ilishda.

"Vektor" vaksinasi kimlarga mos kelishi ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning ikkinchi vaksinasi “EpiVakKorona” deb nomlangan.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, preapart xavfsiz, yaqin kunlarda birinchi 60 ming doza ishlab chiqariladi.

COVID-19ga qarshi kurash o‘rniga Rossiya vaksinasiga qarshi kurash ketmoqda

Bu koronavirusga qarshi Rossiyaning ikkinchi vaksinasi, birinchisi, “Sputnik V” avgust o‘rtasida ro‘yxatga olingan edi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan ham yangi vaksina ustida ish olib borilmoqda.