RFA prezidenti koronavirus ustidan g‘alaba qozonish omilini aytdi

Rossiya fanlar akademiyasi (RFA) prezidenti koronavirus ustidan g‘alaba qozonishga nima yordam berishi mumkinligini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Turli vaksinalarni qo‘llash koronavirus pandemiyasini to‘xtatishga yordam beradi deb hisoblaydi Rossiya fanlar akademiyasi (RFA) prezidenti Aleksandr Sergeyev.

"Vektor" vaksinasi kimlarga mos kelishi ma’lum bo‘ldi

“Vaksinalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, tibbiyot xodimlari uni u yoki bu holatda va manzilli zaruriy qo‘llashni aniqlash olishadi. Balki, bu natijada pandemiyani to‘xtatadi”, - dedi Sergeyev. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

RFA rahbari turli toifadagi kishilar uchun ma’lum bir vaksinani tanlab olish imkoniyati bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qilgan. Masalan, alohida surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchilar hamda turli yoshdagi kishilar uchun.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. “Vektor” ilimy markati tomonidan yaratilayotgan ikkinchi vaksina oktabr oyida ro‘yxatga olinishi mumkin.