“Kelishuvga to‘liq rioya qilinmayapti”: Lavrov Qorabog‘dagi vaqtinchalik sulh haqida

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tog‘li Qorabog‘dagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga to‘liq rioya qilinmayotganini ma’lum qildi.
Sputnik

Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar 27-sentabr kuni boshlandi. Armaniston va Ozarbayjon bir-birini harbiy harakatlarni boshlashda ayblamoqda. Armaniston harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi. Ozarbayjon esa qisman harbiy holat va safarbarlik joriy etdi.

Lavrov Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralar tiklanishini cho‘zmaslikka chaqirdi

Armaniston va Ozarbayjon Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

9 oktabr kuni Moskvaga Rossiya prezidenti taklifiga binoan Armaniston va Ozarbayjon TIV rahbarlari keldi. Ular rossiyalik hamkasbi bilan 10 soatdan ziyod muzokaralar o‘tkazishdi. Natijada Yerevan va Boku 10-oktabr soat 12:00 dan boshlab Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga, asirlar va halok bo‘lgan tanalari bilan o‘zaro almashishga kelishib oldi. Ammo 10-oktabr kuni tomonlar bir-birini kelishuvni buzishda aybladi.