Echki ikki oyoqda yurishni “o‘rgandi” va hind qishlog‘ida turizmni tikladi – video

Hind qishlog‘ida mahalliy aholi bir necha hafta davomida echkini ikki oyoqda yurishga o‘rgatishdi. Endi echkini ko‘rish uchun qishloqqa ko‘plab sayyohlar kelmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 13 okt — Sputnik.  Hindistonning turli hududlaridan mamlakatning Telvar qishlog‘iga ko‘plab sayyohlar kelmoqda. Sababi – u yerda eski ikki oyoqda yurishni “o‘rgandi”.

The Daily Mail nashri yozishicha, qishloqda istiqomat qiluvchi kishilar echkini shunday yurishga o‘rgatishdi. Ular bir necha hafta davomida hayvon bilan mashq qilishdi.

Echki haqida yangiliklar paydo bo‘lgandan so‘ng qishloq mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylandi. Boshida qo‘shni qishloqlardan, keyin esa butun Hindistondan sayyohlar kelishni boshladi.