Dunyoda COVID-19 bilan qayta kasallangan birinchi bemor vafot etdi

Dunyoda koronavirus bilan takroran kasallanganlar orasida ilk o‘lim qayd etildi. Niderlandiyada koronavirus bilan qayta kasallangan 89 yoshli ayol vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Niderlandiyada koronavirus bilan qayta kasallangan 89 yoshli ayol vafot etdi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol infeksiyani taxminan birinchi bor kasallanib tuzalib chiqqanda keyin ikki oy o‘tib yuqtirib olgan.

RFA prezidenti koronavirus ustidan g‘alaba qozonish omilini aytdi

Qayta kasallangandan keyin bemorning ahvoli bir necha kun ichida juda yomonlashgan. Uni yana kasalxonaga yotqizishgan, ammo ikki haftadan so‘ng bemor vafot etgan.

Bu dunyodagi koronavirus bilan takroran kasallanganlar orasida ilk o‘lim holatidir.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 38 milliondan oshgan. 28,6 milliondan ziyod kishi tuzalib ketgan. Virus 1 million 80 mingdan ziyod kishining bevaqt o‘limiga sababchi bo‘lgan.