Temuriylar davridagi sevimli o‘yin: O‘zbekistonda Polo federatsiyasi paydo bo‘ldi

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasining raisi Bahromjon Gaziyev O‘zbekiston polo federatsiyasiga rais etib saylandi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekistonda yangi Polo federatsiyasi ish boshladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bahromjon Gaziyev O‘zbekiston polo federatsiyasiga rais etib saylandi.

Temuriylar davridagi sevimli o‘yin: O‘zbekistonda Polo federatsiyasi paydo bo‘ldi

Gaziyev yangi lavozimga saylangani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Temuriylar davrida xalqimiz sevib o‘ynagan ushbu sport turini qaytarish vaqti keldi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro polo federatsiyasi va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz”, – dedi u.

Temuriylar davridagi sevimli o‘yin: O‘zbekistonda Polo federatsiyasi paydo bo‘ldi

O‘zbekiston polo federatsiyasining rahbariyati quyidagicha ko‘rinish oldi: Federatsiya raisi - Bahromjon Gaziyev, faxriy rais - Komiljon Karimov, rais maslahatchisi - Yakov Ribalskiy, rais o‘rinbosarlari Bahrom Mirmaksimov, Kseniya Gulyamova, Ahror Haydarov, bosh kotib: Abdurasul Mo‘minov.