Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Avazjon Karimov jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Avazjon Karimov  jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Karimov  1983-yil 19-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Temuriylar davridagi sevimli o‘yin: O‘zbekistonda Polo federatsiyasi paydo bo‘ldi

Mehnat faoliyatini 2006-yilda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi raisining o‘rinbosari sifatida boshlagan. 2007-2011 yillarda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi, 2011-yildan O‘zbekiston badminton federatsiyasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2014-2015 yillarda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori o‘rinbosari, so‘ngra ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2019 yillarda Chirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori, 2019-yil 6-sentabrdan hozirga qadar Respublika olimpiya zaxiralari kolleji lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.