Pul bilan hal qilib bo‘lmaydigan ish – nega Amerika vaksinasiz qoldi?

Farmatsevtika kompaniyalar boshi ustidan zar sochsa ham, AQSh vaksina poygasida ortda qoldi. Rossiya va Xitoyda bir necha vaksinalar savdoga chiqarish darajasiga yetib kelgan.
Sputnik

Yaqinda AQSh prezidenti Donal Tramp Amerikada koronavirusga qarshi vaksina prezident saylovlaridan so‘ng paydo bo‘lishini xabar qildi.

“Men vaksina saylovdan oldin paydo bo‘lishi kerak deb o‘ylagandim, lekin bu jarayonga siyosat aralashdi. Ular o‘z o‘yinlarini o‘ynashmoqda. Vaksina saylovdan so‘ng darhol paydo bo‘ladi”, - dedi Tramp

Shu bilan birga AQSh prezidenti barcha amerikaliklarga bepul vaksina bilan birgalikda – o‘zi davolangan preparatlarni berishni va’da berdi. Tramp davolangan dorilar arzon emasligini va AQSh tibbiyot tizimi dunyoda yetakchi o‘rinda turmasligini hisobga olganda – bunday va’da juda yaxshi natija beradi deyish mumkin. Ayniqsa PR mazmunida.

Vaksina qanchalik xavfli: AQSh javob talab qilyapti, Yevropa pulni sanayapti

Oq uy vaksina ishlab chiqarish uchun 12 milliard dollarga yaqin pul sarfladi. Ushbu mablag‘lar Amerikaning va Yevropaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari orasida taqsimlandi. Masalan amerikaning Novavax biotexnologiyalar kompaniyasi 1,6 milliar dollar olgan.

Lekin AQSh ma’muriyatining asosiy umidi Britaniya-shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi hamda Oksford universiteti yaratayotgan vaksina bilan bog‘liq edi. Lekin dastlabki sinovlardayoq ushbu vaksinalar kiritilgan kishilar sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘ldi. Vaksina sinovlari to‘xtatildi.

Ma’lumki, yoz oylarida esa AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada Rossiyani kiberhujumlarda ayblab vaksina ishlab chiqarishga doir ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinishda ayblashgan edi.

Endi bo‘lsa strategiya o‘zgargan shekilli. Amerika Qo‘shma shtatlari Kontrrazvedka va xavfsizlik markazi (NCSC) direktori Uilyam Evanin Rossiya, Xitoy va Eronni Amerikaga COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqarishda xalal berishda ayblamoqda.

BMT COVID-19 ga qarshi vaksina taklifi uchun Putinga minnatdorchilik bildirdi

NCSC direktorining so‘zlariga ko‘ra, -  "umumman olganda,  ruslarda hech qanday vaksina yo‘q". Ha mayli, amerikaliklar o‘z rahbariyati nervlarini himoya qilmoqchi shekilli. Ularga yaqinda Rossiyada “Vektor” markazi tomonidan ishlab chiqilgan ikkinchi vaksina ham ro‘yxatdan o‘tkazilishini aytishga qo‘rqqan shekilli.

Ushbu vaziyatga global nuqtayi nazardan qaraganda – bir narsa ko‘rinadi. Vashington o‘zining har qanday muvaffaqiyatsizliklarida – Moskvani aybdor qilishga odatlangan.

Dunyoning vaksina uchun poygasida g‘alaba qozonish Vashington uchun juda muhim edi. Bunda nafaqat Trampning saylovoldi ustunligi balkim Amerikaning dunyoda eng yetakchi, ilmiy jihatdan eng rivojlangan va cheksiz imkoniyatlarga ega davlat ekani dunyo hamjamiyati oldida yana bir bor tasdiqlangan bo‘lardi.

Lekin, dunyoning bir necha yetakchi farmatsevtika kompaniyalari ustidan saxiylik bilan pul sochgan bo‘lsada – Amerika maqsadiga erisha olmadi. Ha,  AQSh ushbu jarayonni moliyalashtirish uchun nafaqat 12 milliard, balkim 50 va hatto 100 milliard xarajat qilishi ham mumkin edi. Lekin bu dunyoda faqat pul bilan hal qilib bo‘lmaydigan ishlar hali ham bor.

Umuman so‘nggi yillarda AQShga an’anaviy ustuvorlik berib turgan “ustunlar” birin ketin pand berayotganini kuzatish mumkin. Sobiq hamkorlar va xalqaro tashkilotlar AQSh siyosiy ta’siri doirasidan chiqmoqda, ma’qul kelmagan davlatlarda “rangli inqiloblar” uyushtirish texnologiyasi ham pand bermoqda.

Vaksina ishlab chiqarish poygasida orqada qolish esa - AQSh qudratining asosiy ustuni bo‘lgan dollar ham hamma narsaga qodir emasligini yaqqol ko‘rsatdi.