Erta qarish: Turkiyada "zararli" mahsulotlar ro‘yxati tuzildi

Turkiyaning Sabah nashri inson organizmiga salbiy ta’sir qiladigan 8ta mahsulotlar nomini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Turkiyaning Sabah nashri sog‘lom organizmni yo‘q qiladigan 8ta mahsulotlar nomini ma’lum qildi.

Koronavirusni o‘ldiradigan mahsulot topildi – Fransiya tadqiqoti

Zararliligi bo‘yicha birinchi o‘rinda - shakar. U teri, tanadagi lipidlar va oqsillarga zarar yetkazishi mumkin.

Qovurilgan yog‘li ovqatlar, fastfud, margarin, shuningdek konservalar - ularning tarkibida trans yog‘lar mavjud bo‘lib, ular qon tomirlariga zarba beradi, qon aylanishini sekinlashtiradi va yurak xastaligi xavfini oshiradi. Qovurilgan kartoshka teri hujayralariga ham zarar yetkazishi mumkin.

Achchiq ovqatlar ham inson qon aylanish tizimiga ta’sir qiladi - qon tomirlarini kengaytiradi, bu esa yoshga bog‘liq o‘zgarishlarga olib keladi.

Nashr yozishicha, ko‘mirda pishirilgan go‘shtni iste’mol qilish qarishni tezlashtiradi.