Bishkekda takroran favqulodda holat e’lon qilindi

Qirg‘iziston prezidenti imzolagan yangi farmonda yozilishicha, favqulodda holat 12-oktabr soat 20:00 dan 19-oktabr soat 7:00 gacha kiritiladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Bishkek hududida takroran favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.

Qirg‘izistonda yangi hukumat rahbari tasdiqlandi. U Jeenbekov o‘rnini egallashi mumkin

Ta’kidlanishicha, bunga Jogorku Kenesh uch kun ichida avval poytaxt hududida favqulodda holat joriy etilishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqmaganligi sabab bo‘lgan.

Yangi farmonda yozilishicha, favqulodda holat 12-oktabr soat 20:00 dan  19-oktabr soat 7:00 gacha kiritiladi. Lekin bu farmon ham parlament tomondan tasdiqlanmasa, favqulodda holat avtomatik ravishda 15-oktabr kuni bekor qilinadi.

MO davlatlari yetakchilari Qirg‘iziston bo‘yicha qo‘shma bayonot bilan chiqishdi

Prezident farmoniga binoan ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Almazbek Orozaliyev komendant etib tayinlangan.

Qirg‘iziston kosasi to‘lgan kun - tartibsizliklarga nima sabab bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, 9-oktabr kuni Sooronbay Jeenbekov farmoni bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda favqulodda holat e’lon qilingan edi. Favqulodda holat tartibi o‘sha kun mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan boshlanib, 21-oktabr 8:00 gacha amal qilishi kerak edi.