Sayyohlik politsiyasi xodimlarining yangi formasi sinovdan o‘tkazilmoqda - foto

Xodimlar faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, mamlakat hududidagi iqlim sharoitlari va zamonaviy talablar inobatga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat yurituvchi ichki ishlar organlari xodimlarining yangi formasi namunasi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Sayyohlik politsiyasi xodimlarining yangi formasi sinovdan o‘tkazilmoqda - foto

IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur soha xodimlarining yangi forma kiyim-boshlari bo‘yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi. Bugungi kunda yangi namunadagi forma tayyor bo‘lib, Toshkent shahar va poytaxt viloyati xodimlarida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Sayyohlik politsiyasi xodimlarining yangi formasi sinovdan o‘tkazilmoqda - foto

Ta’kidlanishicha, forma kiyimini ishlab chiqishda avvalo ko‘rinishiga ahamiyat qaratildi, shu bilan birga uning qulayligi, zamonaviy dizaynga ega ekanligi ham e’tibordan chetda qolmagan.

Sayyohlik politsiyasi xodimlarining yangi formasi sinovdan o‘tkazilmoqda - foto

Bundan tashqari, bo‘linmalar xodimlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, mamlakat hududidagi iqlim sharoitlari va zamonaviy talablar inobatga olingan.

Sayyohlik politsiyasi xodimlarining yangi formasi sinovdan o‘tkazilmoqda - foto

Loyiha jarayonida xorijiy davlatlar tajribasi ham o‘rganilgan. Forma mazkur yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

Sayyohlik politsiyasi xodimlarining yangi formasi sinovdan o‘tkazilmoqda - foto