O‘zbek ko‘miri qanday qazib olinadi: Angren ochiq koniga sayohat

Yuqori texnologiyalar davrida ham ko‘mir avvalgidek eng muhim texnologik va energetik xom-ashyoligicha qolmoqda. Sputnik O‘zbekiston muxbiri Angrendagi ko‘mir qazib chiqarish korxonasida bo‘ldi va ko‘mir tayyorlanishi jarayonini o‘z ko‘zi bilan tomosha qildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. "Angren" ko‘mir qazib olish havzasi insonni - o‘lchami bilan hayratga soladi. Bu yerda hamma narsa bahaybat - atrofda 200 metrlik chuqurlikdagi "hovuz"lar va xuddi shunday kattalikdagi tog‘lar. Bularning barchasi odam qo‘li bilan yaratilayotganiga ishongingiz kelmaydi, hatto.

O‘zbek ko‘miri qanday qazib olinadi: Angren ochiq koniga sayohat

Yetmish yillik tarixga ega "O‘zbekko‘mir" AJ sohaning yirik va asosiy korxonasi hisoblanib, o‘z faoliyatini Toshkent viloyatida joylashgan "Angren" ko‘mir havzasi bazasida amalga oshirib kelmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda qazib olinadigan ko‘mirning 85%  ham "O‘zbekko‘mir" AJ tasarrufidagi "Angren" ochiq koni hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu tog‘ va tekislik tutashgan, murakkab geologik hududda joylashgan depozit o‘ziga xos noyobliklarga ega. Mutaxassislarga ko‘ra, bu yerdagi mahalliy jigarrang ko‘mir boshqa konlarning xom ashyosiga o‘xshamaydi. Uning afzalligi  ko‘mirdan tashqari, boshqa foydali qazilmalar, jumladan kaolin (oq gil) ham qazib olinishidadir. Birlamchi kaolin esa ko‘mir qatlamlarining ustki qismida joylashgan.

O‘zbek ko‘miri qanday qazib olinadi: Angren ochiq koniga sayohat

Hozirda ushbu kondan yiliga o‘rtacha 1 million tonna kaolin qazib olinib, bu mamlakatning ushbu cho‘kindi mineralga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi.

Qalinligi 60 metr, chuqurligi 130 dan 150 metrgacha bo‘lgan ko‘mir konining ko‘mir qatlamlariga yetish uchun esa barcha xavfsizlik choralariga rioya etgan holda to‘g‘ri harakatlanish kerak. Jumladan, ishchilardan ko‘mirni ochiq usulda qazib olish katta miqdordagi tog‘ jinslarini olib tashlash, ya’ni ustki qatlamni ochish, turli ko‘chkilarga yo‘l qo‘ymaslik alohida talab qilinadi.

Gaz o‘rniga ko‘mir: O‘zbekistonda g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarda tajriba o‘tkazildi

Ehtiyojga yarasha ko‘mir qazib olish uchun ochiq konda ko‘mir ustki qatlamini ochish taqazo etiladi. Bu esa tabiiyki, ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Hozirgi kunda korxona mutaxassislarining vazifasi ko‘mir qazib olish hajmining oshishiga olib keladigan ochiq konni yanada rivojlantirishdir.

Shu tariqa qizg‘in ish ketayotgan kon faoliyati bilan tanishib, yer sathidan 200 metr pastlikda harakatlanayotgan bahaybat ekskovatorlarni qiziqib kuzatamiz. Ushbu yirik mashinalar yerdan ko‘mirni qazib olib, maxsus yuk transport vositalariga ortardi.

O‘zbek ko‘miri qanday qazib olinadi: Angren ochiq koniga sayohat

Haydovchining aytishicha, "370 tonnadan iborat bo‘lgan, 6 ming voltlik elektr toki bilan ishlaydigan ushbu ko‘mir qazib olish ekskovatorini boshqarishning o‘zi bo‘lmaydi. Besh kublik ekskovator orqali qazib olingan ko‘mir 130 tonnalik "Belaz" yuk mashinasiga yuklanishi kerak. Shuningdek, texnik nosozliklar yuzaga kelganda mashinani tuzatish va uni ishga yaroqli holatga keltirish ekskavator haydovchining vazifasiga kiradi.  U o‘n ikki  soatlik ish faoliyati davomida ana shu muhim va mashaqqatli vazifani bajaradi".

Mirziyoyev: bunday sifatli ko‘mir hech qayerda yo‘q

 Qazib olingan ko‘mir esa maxsus yuk mashinasi orqali qo‘lda saralash konveyer lentasiga olib o‘tiladi. Ushbu lentada o‘nga yaqin ishchilar ko‘mirni boshqa jinslardan ajratib oladilar.

Ko‘mirning donadorligini ta’minlash ham ancha murakkab ish hisoblanadi. Jigarrang ko‘mir, nisbatan yumshoq bo‘lib, qazib olish, yuklash, tushirish, qayta yuklash va tushirish jarayonida zarbalardan oson parchanaladi. Buning oldini olish uchun qazilayotgan ko‘mirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaboydan vagonga yuklash maqsadida hozirda temiryo‘lni zaboygacha uzaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari hozirgi paytda "O‘zbekko‘mir" AJ rahbariyati korxonani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yo‘llarini izlamoqda. Shu bilan birgalikda har kuni korxona tomonidan  iste’molchilarga ikki fraksiyada o‘rtacha 7-10  ming tonna ko‘mir jo‘natiladi -nisbatan maydalari issiqlik elektr stansiyalariga, yuqori sifatli - yirik, donador ko‘mir aholiga yekazib beriladi.

Asosiy maqsad aholiga yetkazib beriladigan ko‘mir sifatini sezilarli darajada yaxshilashdan iborat. Buning uchun konda mamlakatda ilgari ko‘mir qazib olishda ishlatilmagan agregatlar ham ishga tushirilmoqda.

O‘zbekiston 2-yil ichida ko‘mir qazib olish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi

Qolaversa, "O‘zbekko‘mir" AJ rejalariga Apartak ochiq konini rivojlantirish ham kiritilgan. Bu yerda qazib olinadigan ko‘mir "Angren" ochiq konidagi qattiq yoqilg‘iga qaraganda sifat jihatidan ustundir. Bu yil "Apartak"da ishlab chiqarish hajmi qariyb 400 ming tonnani tashkil etadi, ammo zarur kon ochish ishlari jadallashtirilib, kelgusi yilda ishlab chiqarish hajmi 1  million tonnaga ko‘paytiriladi.

"Angren" ko‘mir koni 1948-yil yanvar oyida qurib ishga tushirilgan va bu yerda yoqilg‘i ochiq usulda qazib olinadi. Ushbu kon geologlar tomonidan 20-asrning 30-yillarida -tekislik va tog‘lar chegarasida, Angren darosining o‘ng qirg‘og‘ida topilgan. Shu bois korxona shu nom bilan yuritilib kelinadi.

Respublika ko‘mir sanoatining resurs bazasini "Angren" ko‘mir havzasi va "Sharg‘un" va "Boysun" ko‘mir konlari tashkil etadi. "O‘zbekko‘mir" AJ Angrendagi "Apartak" ochiq va yer osti konlarida ham ko‘mir qazib oladi.