Sobiq prezident Almazbek Atambayev qo‘lga olindi

Sal ilgariroq, nashr, Atambayevning Bishkek yaqinidagi - Qo‘y-Toshdagi uyiga spesnaz yetib kelgani haqida xabar bergan edi.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston agentligi uning partiyasiga tayangan holda.

MO davlatlari yetakchilari Qirg‘iziston bo‘yicha qo‘shma bayonot bilan chiqishdi

Sal ilgariroq, nashr, Atambayevning Qo‘y-Toshdagi uyiga spesnaz yetib kelgani haqida xabar bergan edi.

Atambayevdan tashqari, uning tarafdorlari - sobiq tan soqchilari Damir Musakeyev va Kanat Saginbayevlar ham qo‘lga olingan. Qirg‘iziston Davlat xavfsizlik xizmati rasmiy bayonotiga ko‘ra, siyosatchini Bishkekda ommaviy tartibsizliklar tashkil etish jinoiy ishi doirasida qo‘lga olishgan.

6 oktabrga o‘tar kechasi Bishkekdagi voqealar vaqtida Atambayev DMXX SIZOsidan ozod qilingan edi. Atambayev kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod qilinishi ishi bo‘yicha sud qilingan, hamda Qo‘y-Toshdagi voqealar ishi figuranti hisoblanadi.