“Uchinchi inqilob”: ozodlikka chiqqan Atambayev mitingda chiqish qildi

Sobiq prezident Atambayevning fikriga ko‘ra, Jeenbekov Qirg‘izistonni tark etmagan va xavfsizlik kuchlarini boshqarishda davom etmoqda. Siyosatchi 6-oktabr voqealarini "uchinchi inqilob" deb atadi.
Sputnik

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. 6-oktabr voqealarida SIZOdan ozodlikka chiqarilgan Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ilk bor omma oldida chiqish qildi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

MO davlatlari yetakchilari Qirg‘iziston bo‘yicha qo‘shma bayonot bilan chiqishdi

Atambayev unga hukumat kerak emasligini aytdi.

"Atambayevga hokimiyatning keragi yo‘q, aks holda u ikkinchi muddatga qolar edi. Ko‘pchilik bunga ko‘ndirishgan, shu qatorda boshqa davlatlarning prezidentlari, lekin men pretsedent (o‘rnak bo‘la oladigan hodisa) yaratdim", - dedi sobiq prezident.

Sooronbay Jeenbekov "Qirg‘izistonni tark etmadi va yana hokimiyatga kelishni istaydi, nifoq solish uchun xalq orasida tashviqot qilmoqda", - deb aytdi Atambayev.

Sobiq davlat rahbari qurolli to‘ntarish tayyorlamayotganini ta’kidladi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u mamlakatni shimol va janubga ajratmoqchi emas.

U 6-oktabr voqealarini "uchinchi inqilob" deb atadi va 19 yoshli yigit vafot etganini eslatdi.

Sobiq davlat rahbari Atambayevning fikriga ko‘ra, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi hanuzgacha Jeenbekov tomonidan boshqarilmoqda.

Atambayev tarafdorlarini Ala-Too maydoniga borishga va provokatsiyalarga berilmaslikka chaqirdi.

Bugun Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda favqulodda holat rejimini joriy qilgani ma’lum bo‘ldi. Prezident poytaxtga qo‘shin va harbiy texnika kiritish haqida buyruq berdi.