To‘xtatib bo‘lmas “Sirkon” – Rossiya AQSh va NATOning harbiy rejalariga zarba berdi

Rossiya gipertovushli tezligida ilgarilab ketmoqda, dunyoning hech bir mamlakatida bo‘lmagan yuqori aniqlikdagi samarali qurollarni sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlamoqda.
Sputnik

7 oktabrda Arktikaning og‘ir sharoitida “Sirkon” raketasi nishonni aniq yakson qilishi RF Qurolli Kuchlarini eng so‘nggi qurol tizimlari va komplekslari bilan qayta jihozlash yo‘lidagi yangi qadam bo‘ldi.

Oq dengizda “Sovet Ittifoqi Admiral floti Gorshkov” harbiy kemasidan uchirilgan "Sirkon" gipertovushli raketa 4,5 daqiqada 450 km masofada bo‘lgan Barens dengizidagi nishonni yakson qildi. Rossiya Federatsiyasining Arktika chegaralari va Shimoliy dengiz yo‘lining qanchalik ishonchli himoyalanganligini ko‘rsatdi. Tezlik 8 Max’dan oshib ketdi, maksimal parvoz balandligi 28 kmga yetdi. Loyihada 9 Max’ga qadar (10789 km/s dan yuqori) raketa tezligini va 1000 km/s dan yuqori parvoz masofasini nazarda tutadi.

Rossiya qaysi davlatga birinchi bo‘lib yangi Su-57 qiruvchilari sotadi

8 Max’dan yuqori tezlikka erishganda raketalar havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun ushlab bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi.

“Sirkon”ning hayratga soluvchi xususiyatlari yadro qurollari bilan munosib raqobatlashishi mumkin. Gipertovushli raketaning bitta zarbasi raqibning samolyot tashuvchi kemasini yoki quruqlikda katta obyektni yo‘q qilish uchun yetarli (yadro kallaklari ham bor) bo‘ladi.

Rossiyaning eng yangi harbiy kemalaridan biri - "Admiral Gorshkov" harbiy kemasi ilk bor dengiz nishoniga gipertovushli raketani otdi. Oldingi sinovda “Sirkon”ning taktik va texnik xususiyatlarini o‘q otish masofasi va aniqligi hamda gipertovushli raketa tezligi jihatidan tasdiqladi.

Davlat sinovlari to‘liq tugagandan so‘ng ("Admiral Gorshkov" bortidan va "Severodvinsk" atom suvosti kemasidan 10 ga yaqin uchirish), 2020-2021 yillarda kemalar va suvosti kemalarini "Sirkon"lar bilan qurollantirish rejalashtirilgan.

Gipertovushli qayta qurollanish faqat Harbiy dengiz kuchlari bilan chegaralanib qolmaydi. Avvalroq Vladimir Putin yer ustida joylashtiriladigan  “Sirkon” ishlab chiqarilishini aytib o‘tgandi.

Jangovar ustunlik

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, “Admiral Naximov” kreyseri, “Admiral Gorshkov” sinfidagi fregatlar, 20385 loyihasining korvetlari, 22350, 23560 loyihalarining kemalari va 885, 885M, 949AM loyihalaridagi atom suvosti kemalarini “Sirkon”larni qabul qiladi. "Sirkonlar" joriy etilishi "Kalibr" va "Oniks" uchun raketa uchirish qurilmalarini o‘zgartirishni talab qilmaydi.

"Ko‘rinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSh va NATOni nega tashvishga solyapti?

Modernizatsiya jarayonida gipertovushli raketalarni boshqa harbiy kemalar ham olishi mumkin. Bu Rossiya HDF kuchining tez o‘sishini ta’minlaydi. Bir nechta misollar.

Jangovar vaziyatda, Rossiya HDFning (KUG), 1000 km dan uzoqroq masofaga uchadigan gipertovushli raketalar bilan jihozlangan, raqib samolyot tashuvchi kemalar guruhini birinchi bo‘lib aniqlay oladi va “Sirkon” 10-15 zarbasi bilan yo‘q qilishi mumkin.

“Sirkon”lar bilan duyelda AQSh va NATO kemalarga qarshi raketalari mag‘lubiyatga uchraydi, 500 km ga qadar (tezlikni hisobga olmasdan ham) nishonga olish masofasiga ega. Potensial raqibning samolyotning jangovar radiusi 800 km dan oshmaydi, ya’ni AUG uchun Rossiya kemalariga oldindan massiv zarba berish juda muammoli. Hatto raqib harbiy dengiz aviatsiyasi harakatlari 2000 kmgacha bo‘lgan masofada (havoda yonilg‘i quyish bilan) ham samarasiz bo‘ladi - Rossiya KUG havo hujumidan mudofaa tizimi bu zanjir uchun o‘q o‘tmaydigan.

 “Sirkon”lar zarbasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining, masalan, Ticonderoga’ga sinfidagi ikkita kreyser yoki Arleigh Burke sinfidagi boshqariladigan raketa esminetsi iborat bo‘lgan dengiz hujumi guruhi o‘rtasidagi taxminiy qarama-qarshilikning taktik jihatdan kamida bitta kemaning yo‘q qilinishiga olib keladi. To‘rtta gipertovushli raketaning uchirilishi ikkalasini ham yo‘q qilishga kafolat beradi. Arleigh Burke EM raketani aniqlanish ehtimoli 120 kmdan oshmaydi, ya’ni radarda gipertovushli raketa paydo bo‘lgan paytdan (agar aniqlasa) suv sathiga urilguniga qadar - taxminan 90 soniya.

Rossiya "Pansiri" amerika dronlari bo‘ylab qaqshatkich zarba bermoqda

Bu vaqtda hatto kingstonlarni (kemaning suv osti qopqog‘ini) ochish uchun ham yetarli bo‘lmaydi. "Sirkon" plazmasida deyarli ko‘rinmas raqibning havo hujumidan mudofaa zonasini bir necha soniya ichida yengib o‘tishga qodir. Obyektiv ravishda ikkita kreyser yoki URO esminetsining KUG-da bitta gipertovushli raketaning zarbasini qaytarish imkoniyati yo‘q va bortdagi elektron urush tizimlari “Sirkon”ni nishonga olish uchun umid kam. Gipertovushli raketaning ulkan kinetik energiyasi Arleigh Burke sinfidagi ikkita esminesni "chopib tashlash" imkoniyatini beradi.

Eslatib o‘taman, Rossiya fregatlari va kichik raketa kemalarida "Kalibr", "Oniks" va kelajakda "Sirkon"ni uchirish uchun 16 va 8 kameralarga ega. Bu nisbatan kichik kemalarni samolyot tashuvchi kemalar zarba guruhlarining jiddiy raqiblariga aylantiradi. Masalan, Buyuk Britaniya Qirollik flotining zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari 3700 km/s dan yuqori bo‘lmagan tezlikda uchayotgan havo nishonlarini urib tushirishga qodir va ular uchun Rossiyaning “Sirkon” raketasi shunchaki "to‘xtatib bo‘lmas" (unstoppable).

Rossiyaning so‘nggi gipertovushli raketalari dengiz va statsionar quruqlikdagi nishonlarni (qo‘mondonlik punktlari, arsenallar, aerodrom va port inshootlari) yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan yuqori aniqlikdagi "Kalibrlar" dengiz qanotli raketalari imkoniyatlarini to‘ldiradi. “Sirkon” RFga nodo‘stona bo‘lgan davlatlarning HDKlari taktikasi va texnologiyalarida tub o‘zgarishlarni belgilaydi.

Uzoq muddatli istiqbolda, 2025-yildan so‘ng, bortida "Sirkonlar" bo‘lgan Rossiyaning suvosti kemalari potensial raqibning Jahon okeanining istalgan nuqtasida o‘ta himoyasiz qiladi.

Texnologik mukammallik

An’anaviy reaktiv dvigatel tomonidan gipertovushli apparatni tezlatish mumkin emas. Sirkon raketa dvigateli energiya sarfini 20 foizga oshirilgan tubdan yangi “Detsilin-M” yoqilg‘isida ishlaydi. Ovozdan yuqori darajada yonish maqsadida atmosfera kislorodi oksidlovchi vosita sifatida ishlatiladi. Yangi qurol butun ilmiy va texnik muammolarni hal qilishni talab qildi.

Qorabog‘dagi mojaro - Rossiyani Kavkaz urushiga tortishga urinish

Gipertovushli raketa yuqori haroratli plazma bulutida (+1500 ° C dan yuqori) uchadi, alyuminiy va magniy eriy boshlaganda issiqlikka bardoshli po‘lat o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. Shunda o‘zi nishonga olish tizimi va boshqa elektron uskunalar barqaror ishlashi kerak.

Beriliy qotishmalari, yangi ablatsiya materiallari, bor va uglerod tolalari asosidagi kompozitsiyalar, o‘tga chidamli qoplamalarni va boshqa kosmik texnologiyalar konstruksiyaning "hayotiyligi"ni ta’minlaydi, murakkab trayektoriyada boshqarish qobiliyatini va an’anaviy qanotli raketaning manevrliligini saqlaydi.

Bularning barchasi nisbatan kichik hajmdagi raketada joylashtirilgan. Ochiq manbalardan ma’lumki, "Sirkon" raketasining uzunligi (3K-22) taxminan 6 metrni, jangovar kallakning og‘irligi 300 kg ni tashkil qiladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, "to‘xtatib bo‘lmaydigan" raketani uchirish uchun ilgari yaratilgan 3C-14 universal kema otish tizimi ishlatiladi.

Qorabog‘dagi vaziyat: Rossiya TIV tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni bas qilishga chaqirdi

Amerikaliklar strategik gipertovushli havo hujumi qurollarini kam intensiv (va nisbatan samarasiz) rivojlantirmoqdalar. AQShda “Sirkon” singari kemalarga qarshi gipertovushli raketalar mavjud emas.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, RFning ushbu sohadagi ustunligi kamida 10-yil davom etadi. Dunyoda Rossiyaning gipertovushli qurollarining raqobatchisi yo‘q, buni hatto G‘arbning Rand tadqiqot markazi ham buni tan oldi. Shunga qaramay, "Sirkon" - bu Rossiya Federatsiyasining tashqi harbiy tahdidlarga javobi, tinchlikni saqlash texnologiyasi xolos. Bugungi kunda Rossiyaga qarshi kurs Shimoliy Atlantika alyansining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda, ammo Rossiya Federatsiyasiga qarshi tezkor global zarbaning (Prompt Global Strike) Pentagon mutaxassislari orasida jiddiy shubha tug‘dirmoqda. Qurol-yarog‘ sohasida Rossiyadan AQShning sezilarli texnologik orqada qolishi Vashington va Brusselning izchil harbiy strategiyasining "g‘ildiraklariga cho‘p suqmoqda".