"Navoiyda samosud": erkak qiynoqqa solinib, traktorda sudraldi

Videoda aks etgan kadrlarda obdon kaltaklangan fuqaroning bo‘yin va qo‘l qismlarini arqon bilan bog‘lab, shu alfozda traktor tirkamasida sudrab ketilayotgani aks etgan
Sputnik

TOShKENT, 9 okt - Sputnik.  O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiyda samosud" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qildi.

Sirdaryolik ayol intim aloqa vaqtida komaga tushgan o‘ynashini eshakda dalaga tashlab keldi

Videoda aks etgan kadrlarda obdon kaltaklangan fuqaroning bo‘yin va qo‘l qismlarini arqon bilan bog‘lab, shu alfozda traktor tirkamasida sudrab ketilayotgani aks etgan.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davrida quyidagilar aniqlangan:

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida fermer xo‘jaligi ishchisi - 32 yoshli S.Sh. mast holatda xo‘jalik rahbari - 26 yoshli J.N.ni har xil qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagan. Shundan so‘ng J.N. o‘z ishchisining turli joylariga urib, tepib, bo‘ynidan arqon bilan bog‘lab, qo‘shni fermer xo‘jaligi traktorchisi S.N. bilan birga uning traktorida S.Sh.,ni fermer xo‘jaligining dala shiyponiga olib borib, qiynoqqa solib daraxtga bog‘lab, tashlab ketgan.

Xorazmda xotini bor erkak bilan uchrashgan qiz “samosud” qilindi

Bu barcha holatni fermer rahbari o‘zining qo‘l telefoniga videoga olgan va bir tanishi - T.Rga "Telegram" messenjeri orqali yuborgan. T.R esa videoni Qiziltepa tumanidagi tanishlariga tarqatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston JKning 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 138-moddasi 1-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi kabi haraktalar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 1891-moddasi va Jinoyat kodeksining 1301-moddalarida ko‘rsatilgan "Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish" kabi ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.