O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 60 mingga yaqinlashmoqda

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 494 kishini tashkil etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 117 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 59 905 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Koronavirusning kutilmagan "foydali" xususiyati aniqlandi

Yangi kasallanganlarning 73 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Andijon viloyatida, 10 nafar Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 494 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 56 568 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 843 nafar bemor davolanmoqda.