Qozon, Samara va Novosibirskdan Toshkentga qo‘shimcha charter reys amalga oshiriladi

Reyslar 16-oktabrda Qozondan, 17-oktabrda Samaradan va 20-oktabrda Novosibirskdan Toshkentga amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Rossiyaning Qozon, Samara va Novosibirsk shaharlaridan Toshkentga qo‘shimcha charter qatnovlari amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qozon shahridan charter parvozlarga chipta sotish boshlandi

Reyslar 2020-yil 16-oktabrda Qozondan, 17-oktabrda Samaradan va 20-oktabrda Novosibirskdan Toshkentga amalga oshiriladi.

Rossiya shaharlaridan O‘zbekistonga O‘zbekiston, Rossiya va Qirg‘iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (qatnov jo‘nashidan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.

Uzbekistan Airways qo‘l yukiga cheklovlar kiritdi

PZR ma’lumotnomasiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo‘yilmaydi.