Tramp uning Rossiya bilan “aloqalari” to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor qilishga ruxsat berdi

Shuningdek, Donald Tramp AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonning elektron pochtasi bilan janjal haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishga ruxsat berdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp uning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari bilan bog‘liq mojaro bo‘yicha olib borilgan tergov hujjatlarini ochiqlashga ruxsat berganini ma’lum qildi.

Donald Trampning Rossiya bilan til biriktirgani o‘z isbotini topmadi

Shuningdek, u 2016-yilda raqibi bo‘lgan AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonning elektron pochtasi bilan janjal haqidagi ma’lumotlarn e’lon qilishga ruxsat berdi.

“Men AQSh tarixidagi eng yirik siyosiy jinoyatlaridan biri Rossiya bilan bog‘liq aldovchilikka tegishli barcha hujjatlarni to‘liq ochiqlashga ruxsat berdim. Bu Xillari Klintonning elektron pochtasiga ham taalluqli. Hech qanday tahrirsiz”, - deya yozdi Amerika yetakchisi Twitter᾽da.

Yana bir Twitter᾽dagi postida u “Rossiya bilan til biriktirganlikka” oid barcha ma’lumotlarni allaqachon oshkor qilganini eslatdi.

AQSh hukumati Rossiyaning 2016-yilgi saylovlarda aralashishda aybladi, Moskva buni rad etib kelmoqda. AQSh adliya vazirligi maxsus prokuror Robert Mullerning Trampning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalarini tekshirdi va “til biriktirish” dalillarini topolmadi.