TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Polsha davlatining monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi (UOKiK) — "Gazprom"ni va uning hamkorlarini "Shimoliy oqim-2" loyihasida ishtirok etgani uchun jarimaga tortdi. Bu haqida muassasa Twitterda xabar qilgan.
"Gazprom" 29 mlrd zlotix ($7,6 mlrd)ga jarimaga tortilgan. Qurilishda ishtirok etayotgan yana beshta kompaniya - 234 mln. zlotix ($61 mln) jarimaga tortilgan. Ular: Fransiyaning Engie, Germaniyaning Uniper va Wintershall, avstriyaning OMV, hamda Gollandiya-Britaniyaning Shell kompanyalari bor.
Polshalik regulyator kompaniyalarga qonunchilikda belgilangan maksimal jarima - kompaniyaning yillik oborotidan 10% miqdorda jarima belgilagan. Asos - ular Polsha monopoliyaga qarshi qo‘mita ruxsatisiz gaz quvurini qurishda ishtirok etgan.
"Biz juda sinchikov tekshiruv o‘tkazdik. To‘plangan dalillar tadbirkorlar ataylab qonunni buzishganiga shubha qoldirmaydi", - dedi UOKiK rahbari Tomash Xrustniy. - Ushbu qaror biror muayan kompaniyaga emas raqobat haqidagi qonunchilik buzilishi qibatida qabul qilindi.
Undan tashqari Qo‘mita kompaniyalarga 30 kuni ichida gaz quvuri qurilishi borasidagi shartnomalarni bekor qilish majburiyatini yukladi.