Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov vafot etdi

Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov og‘ir xastalikdan so‘ng 56 yoshida vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov og‘ir xastalikdan so‘ng 56 yoshida vafot etdi.

Samarqand shahar bosh imom-xatibi vafot etdi

Bahromjon Nurmatov 1964-yilda Namangan viloyatining Namangan tumanida tug‘ilgandi. 1986-yilda Toshkent politexnika instituti, 2000-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1986-yili To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 148-xo‘jaliklararo mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnada ustalikdan boshlagandi.

1998–2009yillarda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 7-mexanizatsiyalashgan ko‘chma korxona boshlig‘i, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-qishloq qurilish kombinati direktori,

Namangan “Jamoa sanoat qurilish” assotsiatsiyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, raisi, Namangan viloyati hokimligining yagona buyurtmachi-injiniring kompaniyasi direktori lavozimlarida ishlagan.

2009–2016 yillarda Uchqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.

2016–2017 yillarda yana viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi-injiniring kompaniyasi direktori vazifasini egallagan.

2017 yildan hozirga qadar Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bahromjon Nurmatov 2020-yil 7-oktabr kuni Toshkent shahridagi klinikalardan birida og‘ir xastalikdan vafot etdi.