Mirziyoyev va Rahmon mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston TIV Qirg‘izistondagi voqealar yuzasidan tashvish bildirdi

“Suhbat chog‘ida ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi”,  -deyilgan xabarda.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasida qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, 5-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tavallud ayyomi bilan tabriklagan edi.