TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Amerikalik olimlar koronavirusning kutilmagan xususiyatini aniqlashdi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 og‘riqni susaytirishi mumkin. Pain jurnali tadqiqot natijalarini e’lon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, koronavirusning ACE2 retseptorlari va boshqa moddalar bilan inson hujayralariga kirib borishini ta’minlaydigan S-oqsilining birikmasi tufayli anesteziya ta’siri yuzaga keladi.
Og‘riq sezgilarining signal berishining buzilishi neyropilin-1 va VEGF-A - qon tomirlari endoteliyasining o‘sish omili bo‘lgan boshqa protein ishtirokida sodir bo‘ladi.
Tadqiqotchilar neyropilin-1 xususiyatlarini batafsil o‘rganishni rejalashtirmoqda, chunki uning xususiyatlari anesteziologlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.