Qirg‘iziston moliya vazirligi barcha operatsiyalarni to‘xtatdi

Qirg‘izistonda vujudga kelgan vaziyat tufayli Moliya vazirligi barcha operatsiyalarni qonuniy hukumatning maxsus burug‘iga qadar to‘xtatdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Qirg‘iziston moliya vazirligi orqali o‘tadigan barcha moliya operatsiyalari to‘xtatildi. Bu haqida vazirlik xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu chora Respublikada barqaror vaziyat hamda qonuniy hukumat o‘rnatilganiga qadar davom etishi mumkin.

“Qirg‘iziston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati va uning tizimi bo‘limlari vakillari mamlakatda vujudga  kelgan holat tufayli favqulodda majlis o‘tkazdi. <…> Mamlakatda vujudga kelgan holat tufayli vazirlik orqali o‘tadigan barcha operatsiyalar qonuniy hukumatning maxsus buyrug‘iga qadar vaqtincha to‘xtatildi”, - deyilgan xabarda.  

Shu bilan birga vazirlik Qirg‘izistonda yangi xalq hukumatini tan olishini va yangi vazir vazifasini bajaruvchi tayinlanganini ma’lum qilgan.

Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalari bekor qilindi

“Majlisda xalq vakillari ham ishtirok etishdi, xalq hukumati tan olindi va Mukashev Kialbek Belekovichni moliya vaziri vazxifasini bajaruvchi etib tayinlashdi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Ayni damda Qirg‘iziston fuqarolari bankomatlardan foydalana olmayaptilar. Qirg‘iziston banklar assotsiatsiyasi prezidenti Anvar Abdrayev aytishiga ko‘ra, bankomatlardan barcha mablag‘lar xavfsizlikni ta’minlash maqsadida olib qo‘yilgan. 

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Bishkekning markaziy maydonida 2 mingga yaqin odamlar to‘planib 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini tan olmasliklarini xabar qilshgan edi. Shundan so‘ng namoyishchilar Parlament va Hukumat binolarini hamda Davlat Xavfsizlik qo‘mitasi binosini ishg‘ol qilishgan. U yerda Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayevni ozod qilishgan edi.  

Shundan so‘ng Qirg‘iziston sobiq IIV vaziri Kursan Asanov o‘zini  Bishkek shahar komentanti sobiq dputat Almambet Shikmamatov o‘zini Bosh prokuror vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilgan edi. MSQ parlament saylovlari natijalarini bekor qildi. Ushbu voqealardan so‘ng bir necha shahar merlari o‘z ixtiyorlari bilan iste’foga chiqishdi.