TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Bugun O‘zbekistonga Rossiyadan metodist-o‘qituvchilar guruhi uchib keladi, deb xabar bermoqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma loyihani amalga oshirishni boshlashgan va buning doirasida O‘zbekistonga RF tomonidan 37 nafar metodist-o‘qituvchilar yo‘llanmoqda.
Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekiston pedagoglari va o‘quvchilari orasida rus tilini qanchalik bilishlarini aniqlashtirish uchun test olishlari kutilmoqda. Shuningdek, o‘qituvchilarning professional ko‘nikmalariga baho berilishi ko‘zda tutilgan.
Rossiyalik o‘qituvchilar O‘zbekistonning 14ta aholi yashash punktlari bo‘ylab taqlimlanishi aytilmoqda.