Asad Erdog‘anni Qorabog‘ mojarosi tashkilotchisi deb atadi

Ozarbayjonni (NATO a’zosi bo‘lgan) Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgani vaziyatga yog‘ quygandek ta’sir qilmoqda. Anqara tomonidan mojaro zonasiga Suriya va Liviyadan terrorchilar tashlanayotgani haqida ma’lumotlar bor. Jahon hamjamiyati tomonlarni bosiqlikka chaqirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad RIA Novostiga bergan intervyusida turk yetakchisi Rajab Toyip Erdog‘an Tog‘li Qorabog‘da mojaroning yangitdan boshlanishi bosh tashabbuskori, deya atadi.

Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro hech qachon tugamaydi – Jirinovskiy

"U Liviyada terrorchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, u yaqinda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘da boshlangan mojaroning ig‘ovagari va tashabbuskoridir", — dedi Asad.

Asadning so‘zlariga ko‘ra, Suriya Arab Respublikasi hududidan jangarilar Tog‘li Qorabog‘ga o‘tkazilmoqda va Damashq buni tasdiqlashi mumkin.

"U Tog‘li Qorabog‘da o‘sha metodlardan foydalanayotgani, isbot talab qilmaydi, katta ehtimol bu shunday, nega deganda, boya aytganimdek, aynan Turkiya shu muammoga olib keldi, ushbu mojaroni boshladi: u buni qo‘llab-quvvatladi", - deya qayd etdi Suriya yetakchisi.

Sal oldin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Suriya hududidan 300 jangari Turkiyaning G‘azantepa shahridan Bokuga o‘tkazilgani haqida bayonot bergan edi. Makronning aytishicha, ular Aleppo hududidagi uyushma vakillaridir. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Makronning bayonotidan so‘ng Ozarbayjonda yollanma jangarilar yo‘qligini aytib, Parijdan kechirim so‘rashni talab qildi.

Dunyoda Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yog‘ quymoqda"?

Mojaro 1988-yilning fevralida Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishini e’lon qilganida boshlangan edi. Qurollangan mojaro natijasida 1992-1994 yillarda Boku region ustidan hamda unga tutash yettita tumanlar ustidan nazoratni yo‘qotdi.

1992 yildan Rossiya, AQSh, Fransiya boshchiligida OBSE Minsk guruhi doirasida mojaroni tinchlik yo‘li bilan bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Ozarbayjon o‘z hududiy yaxlitligi saqlanib qolishida qat’iy qolmoqda, Armaniston tan olinmagan respublika manfaatlarini himoyalab kelmoqda.

27 sentabr tongida chegara tutash qismida vaziyat ziddiy tus oldi. Boku va Yerevan javobgarlikni bir-biriga yuklashmoqda. Ishtirokchilarning hammasi to‘liq yoki qisman mobilizatsiya e’lon qilgan. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.

Ozarbayjonni NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgani vaziyatga yog‘ quygandek ta’sir qilmoqda. Anqara tomonidan mojaro zonasiga Suriya va Liviyadan terrorchilar tashlanayotgani haqida ma’lumotlar bor. Armaniston ODKB a’zosi sanaladi. Jahon hamjamiyati tomonlarni bosiqlikka chaqirmoqda.