TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiya har qaysi saylangan AQSh prezidenti bilan ishlashni davom ettiradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Biz ishlaymiz – prezident Putin buni ko‘p marotaba aytgandi – saylangan har qaysisi bilan”, - dedi Lavrov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada AQShning Demokratik va Respublikachilar partiyasi vakillari o‘rtasidagi tortishuvlar kuzatilmoqda.
Lavrov Qo‘shma Shtatlardagi beqarorlik hech kimga biror bir yaxshilik olib kelmasligini ta’kidladi.
Bayden Trampni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi
AQSh prezidenti saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi AQSh prezidenti Donald Tramp va Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga nomzod Jo Baydenning birinchi munozaralari chog‘ida ular bir-birini gapini hamisha bo‘lib turishdi va bir-birini turli muammolarda ayblashdi. Tramp bir necha marta Baydenga gapini oxirigacha aytishga qo‘ymadi, shundan keyin Bayden undan ovozini o‘chirishni so‘radi.