COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi

Rossiyalik shifokor Larisa Alekseyeva koronavirusdan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” nima ekanini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi vaqtidagi eng xavfli predmet noto‘g‘ri foydalanilayotgan oddiy niqobdir.

“Bizda men ularni niqobni samarasiz taquvchilar deb ataydigan kishilar juda ko‘p. Ular bitta bog‘ichdan 10-15 kunlab foydalanishadi, ba’zan undan ham ko‘proq. Bunday kishilarga noqulay bo‘lganda ular shunchaki kaftlari bilan ushlab, yig‘ishtirib cho‘ntaklariga solib qo‘yishadi”, - dedi terapevt Larisa Alekseyeva.

O‘zbekistonda "maska rejimi" bekor qilingani yo‘q. Biroq ko‘pchilik niqobsiz ko‘chaga chiqmoqda

SSV tibbiy niqoblarni to‘g‘ri taqish foydasi haqida eslatdi

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, keyin ular o‘sha qo‘llari bilan yuzlarini ushlashadi. So‘ngra yana o‘sha niqobni taqib uyga kelishadi va u yerda virus issiq va nam joyda faollashadi.

Alekseyeva bu juda xavfli ekanini alohida urg‘uladi.

Mutaxassis ishlatilgan niqoblarni nima qilish kerakligini tushuntirdi

Shifokor niqobdan foydalanish qoidalarini eslatib o‘tdi: bitta niqobni ikki soatdan ortiq taqmaslik kerak, yuzga teginmagan holda yechib olish va zich yopilgan paketda tashlab yuborish kerak.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, boshqa ehtiyotkorlik choralari haqida ham unutmaslik lozim: o‘ramdagi mahsulotlarni yuvish, kuryer keltirgan paketlarga antiseptik bilan ishlov berish hamda kiyim-kechak va poyabzal haqida ham unutmaslik lozim – ularda ham uyga virus “olib kelish” mumkin.