Toshkent shahrida yana 276 ta maktabda an’anaviy darslar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni "Onlayn-maktab" loyihasi doirasidagi amalga oshiradi.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt - Sputnik. 2-oktabrdan Toshkent shahrida 276 ta umumta’lim maktabida an’anaviy darslar yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar XTBB matbuot xizmati.

Pandemiya vaqtida o‘qish qanday tashkil qilinadi?

Avvalroq, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilarni koronavirus ko‘rsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlari bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich 2020-yil 14-sentabrdan 268 ta ta’lim muassasalari an’anaviy tarzda o‘z faoliyatini boshlagani to‘g‘risida xabar bergan edik.

2020 yil 2-oktabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumta’lim muassasalaridan quyidagi 276 tasi an’anaviy tarzda faoliyat ko‘rsatadi:

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni "Onlayn-maktab" loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.
Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondoshishlarini, an’anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz.