TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Denge bezgagi kasalligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotda Avstraliyaning Melburn universiteti entomologi Perran Ross qo‘llarini minglab chivinlarga chaqtirdi. Bu haqda The Washington Post xabar qildi.
Entomolog 5 ming chivin bir vaqtning o‘zida taxminan 16 mililitr qon so‘rishi mumkinligini hisoblab chiqdi.
“Laboratoriyada chivinlar kalamushlarni yoki boshqa hayvonlarni chaqishni istamaydi - ular faqat qorong‘ilikda insonning qonini so‘rishni afzal ko‘rishadi", - deya ta’kidladi olim.
Tadqiqotda volbaxiya nafaqat denge bezgagi infeksiyasini kamaytirishi, balki boshqa kasalliklar bilan yuqtirishni ham cheklashi mumkinligi aniqlandi.