Shomurodov yaqin kunlarda Italiyaga keladi – “Jenoa” direktori

Eldor Shomurodov
“Jenoa” sport direktori Italiya futbol klubi tez orada Eldor Shomurodov tranferini amalga oshirishini tasdiqladi.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. “Jenoa” sport direktori Daniele Fadjiano Metaraitings portaliga bergan intervyusida Italiya futbol klubi tez orada Eldor Shomurodov tranferini amalga oshirishini tasdiqladi.

Futbol. RPL. Match Krasnodar - Rostov
Shomurodov Italiya klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin

“Biz bitim shartlarini kelishib oldik. O‘ylaymanki, yaqin kunlarda Shomurodov Italiyaga keladi. Umid qilamanki, bu juda tez orada ro‘y beradi”, - dedi Fadjiano.

Ma’lumotlarga qaraganda, "Jenoa" futbolchiga yiliga 700-800 ming yevro maosh taklif qilmoqda. Uning transferi uchun 9 mln yevro sarflaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning “Rostov” klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi  Eldor Shomurodov A Seriyasi klubiga o‘tishi mumkinligi va unnga “Jenoa” klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.