Kreml Baydenning “Putin kuchukchasi” haqidagi gapiga munosabat bildirdi

AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden birinchi munozaralar chog‘ida Trampni “Putinning kuchukchasi” deb aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod Jo Baydenning Tramp “Putinning kuchukchasi” deb aytgan so‘zlari AQSh siyosiy madaniyatining namoyon bo‘lishidir. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Biz dunyodagi hamma kabi AQShdagi saylov kampaniyalari jarayonini kuzatapmiz. Biz befarq bo‘lib qololmaymiz, chunki u jahonning eng yirik iqtisodiy davlatlaridan biri. Albatta, AQShda yangi siyosiy madaniyati, saylov madaniyati namoyon bo‘lishini kuzatmoqdamiz”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Bayden Trampni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

Amaldagi AQSh prezidenti Donald Tramp va Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga nomzod Jo Baydenning birinchi munozaralari 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. U 95 daqiqa davom etdi. Amerika markaziy telekanallari nomzodlar munozaralarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatdi.

Prezidentlikka asosiy da’vogar Tramp va Bayden munozaralar davomida bir-birini gapini hamisha bo‘lib turdi va bir-birini turli muammolarda aybladi. Shuningdek, qo‘pol iboralardan foydalanishdi.

AQSh prezidenti saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unga qadar prezidentlik kursisiga asosiy da’vogar Donald Tramp va Jo Bayden jonli efirda yana ikki marta yuzlashishi kerak.