TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Turkiyaning F-16 qiruvchisi Armaniston HHKga qarashli bo‘lgan Su-25 samolyotini urib tushirdi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushun Stepanyan Facebook sahifasida post yozdi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Jangovar vazifani bajarayotganda, Turkiya havo kuchlarining ko‘p funksiyali F-16 qiruvchisi Armaniston havo hududi ustida Armaniston HHK qarashli bo‘lgan Su-25 hujum samolyotini urib tushirdi. Uchuvchi qahramonlarcha halok bo‘ldi ”, - deyilgan postda.
Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, F-16 qiruvchisi Ozarbayjonning “Ganja” aerodromidan uchib chiqqan va Vardenis, Mes Masraa, Sotka yaqinida joylashgan Armaniston harbiy bo‘linma va aholi punktlariga zarba bergan
Stepanyan ta’kidlashicha, Turkiyaning F-16 qiruvchisi 60 km masofaga respublikaning ichkariga uchib kirgan.
Ozarbayjon mudofaa vazirligining matbuot kotibi bu xabarlarni yolg‘on va provokatsion deb atadi, Ozarbayjon HHKda F-16 qiruvchilar yo‘qligini ma’lum qildi.