Andijonda yuk mashinasi ikki qizaloqni bosib ketdi

Andijonda ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston fuqarosi 10 va 3 yashar qizaloqlarni bosib ketib, xonadonga borib urildi. Natijada har ikki qizaloq va haydovchi qurbon bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Andijon viloyatida “Volvo” haydovchisi ikki kishininng umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi 28-sentabr Buloqboshi tumani “Sanoat” MFY, Gastrol ko‘chasidan o‘tgan “Buloqbosh-Andijon” avtomashina qatnov yo‘lida ro‘y bergan. Qirg‘iziston fuqarosi 28 yoshli haydovchi Sh.L. “Volvo” avtomashinasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. So‘ngra yo‘lning chetida harakatlanib kelayotgan piyodalar 10 yoshli B.A. va 3 yoshli K.N.ni bosib o‘tib, shu yerdagi xonadonlarning biriga borib urilgan.

Andijonda yuk mashinasi ikki qizaloqni bosib ketdi

YTH natijasida piyodalar B.A. va Q.N., hamda haydovchi Sh.L.lar vafot etishgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga o‘tkazilgan.