TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Joriy yilning 5-aprel kuni BAA davlatining Ajman shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib yurgan O‘zbekiston fuqarosi Z.M. qo‘lga olingan. 25-sentabr kuni Dubay-Toshkent aviareysi orqali mamlakat hududiga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli Z.M. 2017-yilda BAAning Ajman shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun borgan. 2018-yilda Yangiariq tumanida yashovchi 26 yoshli E.G. ismli tanishini BAA davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yollagan.
Shu bois unga nisbatan 2018-yilning 23-avgust kunidan O‘zbekiston JKning 135-moddasi 2-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruvga berilgan edi.
Hozirda Z.M.ni Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB TBga topshirish choralari ko‘rilmoqda.