Namanganda "Neksiya" haydovchisi 6 yashar qizaloqni urib yubordi, norasida halok bo‘ldi

Haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan qizaloqni urib yuborgan. Natijada, piyoda D.Axmadaliyeva tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. Namanganda avtohalokat oqibatida 6 yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Yil boshidan buyon o‘lim bilan bog‘liq nechta YTH sodir etildi

Xabarda aytilishicha, hodisa 24-sentabr kuni kunduzi ro‘y bergan.

"Kosonsoy-Namangan" yo‘lining 1 kilometrida "Neksiya" rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 6 yoshli qizaloqni urib yuborgan.

Natijada, piyoda D.Axmadaliyeva tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridgi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur modda haydovchining muayan huquqdan mahrum qilinib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishini ko‘zda tutadi.