Namanganda yangi hokim tayinlandi

Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Respublikasi ekologiya qo‘mitasi raisi Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovich viloyatga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Namangan viloyati hokimi o‘zgardi, deb xabar qilmoqda O‘zA. 

Bugun, 25-sentabr kuni, Namangan viloyati hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, - deyilgan xabarda.

Namangan viloyati hokimi vazifasida ishlab kelgan Xayrulla Bozorov  Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinlanishi mumkin. Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev esa boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda.