AQShda 17-yillik moratoriydan so‘ng birinchi afroamerikalik qatl qilindi

Federal o‘lim jazosining qayta tiklanishi AQSh uchun ramziy ma’noga ega, chunki bu yerda aksariyat qatllar federal hukumat emas, balki alohida shtatlar yurisdiksiyasi ostida o‘tar edi
Sputnik

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. AQSh hukumati federal darajada o‘lim jazosiga kiritilgan 17-yillik moratoriy bekor qilingach ilk afroamerikalikni qatl etdi, deb xabar qiladi mahalliy WTHI kanali.

Obama Amerika qonunlaridan "negr" so‘zini olib tashladi

Kristofer Vialva 1999-yil Texasda nasroniy faollar bo‘lgan yosh er-xotin qotilligi uchun oliy jazoga hukm qilingan edi. Halok qiluvchi inyeksiya yordamidagi qatl Indiana shtatidagi Terre-Xot qamoqxonasida amalga oshirilgan.

Joriy yil iyul oyida AQSh Oliy sudi sal oldin quyi instansiya sudlari tomonidan joriy etilgan moratoriyni bekor qilib, 17-yil deganda birinchi marta AQSh federal sudlarida qatllar amalga oshirilishi mumkinligi haqida qaror e’lon qilgandi.

Birinchi o‘lim jazosiga hukm qilingan amerikalik - 47 yashar Deniyel Lyuis Li bo‘ldi. U ham Indiana shtatidagi Terre-Xot federal qamoqxonasida saqlanib kelgan.

Federal o‘lim jazosining qayta tiklanishi AQSh uchun ramziy ma’noga ega, chunki bu yerda aksariyat qatllar federal hukumat emas, balki alohida shtatlar yurisdiksiyasi ostida o‘tar edi.