O‘zbekistonda koronavirus: 24-sentabr asosiy xabarlari

Sutka davomida 387 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 834 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Otabekov yana o‘zbekistonliklarni karantin kuchaytirilishi to‘g‘risida ogohlantirdi

Bir sutka davomida 387 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 834  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 152 nafari Toshkent shahrida hamda 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 398 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 50 230 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foiz.

Ayni paytda 3 158 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Rospotrebnadzor turli xil vaksinalar yutuq va kamchiliklarini sanab o‘tdi

O‘zbekistonda jami 446 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Charter

Bugun Samarqand aeroportida 3ta charter parvoz kutib olindi. Sankt-Peterburg shahridan uchib kelgan ushbu parvozlar orqali 900 nafar O‘zbekiston fuqarolari vataniga qaytarildi. Parvozlar iFLy va Azur aviakompaniyalari havo kemalarida amalga oshirildi.

Rossiyalik shifokorlar bilan uchrashuv

Vashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev rossiyalik tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi. Hozirda rossiyalik shifokorlar viloyatdagi qator tibbiyot muassasalarida bo‘lib, respublika  shifokorlari bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 32,1 milliondan oshdi, 981 ming kishi vafot etdi, 23,7 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (7,1 mln), Hindistonda (5,7 mln), Braziliyada (4,6 mln).