Dunyo xalqaro hamkorlik sinovidan o‘ta olmadi - Guterresh bayonoti

Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy (OON) Antoniu Guterresh
"Pandemiya - bu xalqaro hamkorlikni sinovdan o‘tkazgan davr bo‘ldi, biz undan o‘ta olmadik", - dedi Guterresh.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi dunyo xalqaro hamkorlik testidan o‘ta olmaganini ko‘rsatdi, deya bayonot qildi BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterresh.

LIVE_SPUTNIK: Mirovie lideri prinimayut uchastie v Generalnoy Assamblee OON
COVID, qurol va tinchlik. Putinning BMTdagi chiqishi

"Pandemiya - bu xalqaro hamkorlikni sinovdan o‘tkazgan davr bo‘ldi, biz undan o‘ta olmadik", - dedi Guterresh.

BMT bosh kotibi so‘zlariga ko‘ra, kasallik dunyo bo‘ylab bir million inson hayotiga nuqta qo‘ygan, 30 milliondan ko‘p kishi infeksiyani yuqtirgan, va kasallikni hech kim nazorat qilolmagan. "Bu global tayyorgarlik, birdamlik va hamjihatlikning yo‘qligidan dalolat", - deb qo‘shimcha qilgan u.