Uchquduqda ayanchli YTH: 2 kishi qurbon bo‘ldi, 3 kishi esa kasalxonada

21 yoshli “Lacetti” haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, “Nexia” bilan to‘qnashgan. Natijada ikki nafar “Nexia” yo‘lovchilari halok bo‘lgan
Sputnik

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Navoiy viloyati Uchquduq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

YTH 22-sentabr kuni Uchquduq tumani xududidan o‘tgan A-379 yo‘lining 282 km.da sodir bo‘lgan. 21 yoshli “Lacetti” haydovchisi harakatlanib ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Buning oqibatida ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 24 yoshli J.J.ning boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” bilan to‘qnashib ketgan.

Uchquduqda ayanchli YTH: 2 kishi qurbon bo‘ldi, 3 kishi esa kasalxonada

Natijada “Nexia” avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilar 26 yoshli S.M. va 57 yoshli R.D. (ayol) lar hodisa joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.