O‘zbekiston Tojikistonga mahsulotlar eksporti hajmini oshirdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oy mobaynida Tojikistonga amalga oshirilgan eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga solishtirilganda 65,1 mln. AQSh dollariga ko‘p.
Sputnik

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Joriy yilning 1-sentabr holatiga O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 317,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.

O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi

Bunda eksport ulushi 255,1 mln. AQSh dollari va import hajmi 61,9 mln. AQSh dollariga teng.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oy mobaynida Tojikistonga amalga oshirilgan eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga solishtirilganda 65,1 mln. AQSh dollariga ko‘p.

Ma’lumot shrnida, eksport tarkibida xizmatlar (72,1 mln.), kimoviy vositalar va ulardan olinadigan mahsulotlar (42,9 mln.), oziq-ovqat mahsulotlari (38,9 mln.), energiya va neft mahsulotlari (28,8 mln.), qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (20,4 mln.) va boshqa mahsulotlar 52 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning 28-30 sentabr kunlari Tojikistonga tashrifi arafasida ikki davlat o‘rtasida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda.