TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Denge bezgagi kasalligini boshdan kechirganlarda COVID-19 ga immunitet hosil bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Reuters” agentligi Dyuk Universiteti professori Migel Nikolelisning hali e’lon qilinmagan tadqiqotiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Amerikalik olim so‘nggi yillarda denge bezgagi avj olishi qayd etilgan joylarda koronavirus sekinlik bilan tarqalishini aniqlagan.
Ta’kidlanishicha, bu kashfiyot denge flavivirusi va SARS-CoV-2 serotiplari o‘rtasidagi immunologik o‘zaro reaktiv imkoniyatini bildirishi mumkin.
Nikolelisning so‘zlariga ko‘ra, agar uning taxmini tasdiqlansa, insonlar denge bezgagiga qarshi emlanib, koronavirusga muayan immunitetga ega bo‘lishlari mumkin.