O‘zbekiston 8 oyda 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, 2020-yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. 2020-yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.

O‘zbekiston yil boshidan buyon qancha oltin sotdi

Ma’lum qilinishicha, 2019-yil yanvar-avgust oylariga nisbatan o‘sish 147,2 foizni tashkil etdi.

2020 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 50 foizga teng bo‘ldi.

2020 yilning yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 24,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd AQSh dollariga yoki 12,7 foizga kamaygan.