Bir nechta mamlakat fuqarolari uchun Rossiyaga kirish taqiqi bekor qilindi

Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Janubiy Koreya fuqarolari Rossiyaga havo o‘tkazish punktlari orqali kirishlari mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Janubiy Koreya bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda. Tegishli qarorga Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzo chekdi.

Yuqorida ko‘rsatilgan davlatlar fuqarolari Rossiyaga havo o‘tkazish punktlari orqali kirishlari mumkin, rossiyaliklar, o‘z navbatida, ushbu mamlakatlarga parvoz qilishlari mumkin.

O‘zbekiston 1-oktabrdan o‘z chegaralarini to‘liq ochmoqda

Rossiya hukumati saytida yozilishicha, reyslar haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Samolyotlar Nur-Sulton (Qozog‘iston), Bishkek (Qirg‘iziston), Minsk (Belarus) shaharlariga parvoz qiladi.

Janubiy Koreya bilan aviaqatnov esa 27-sentabrdan qayta tiklanadi.

Shuningdek, Rossiya xalqaro aviaqatnovlar tiklanishi munosabati bilan chet eldan fuqarolarini charter reyslarda olib kelish dasturini to‘xtatib qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Janubiy Koreya bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashga qaror qilgani haqida xabar qilingan edi.