O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar 51 mingdan oshdi

Hozirda mamlakatda 3535 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 243 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 51 235 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi pastladi

Yangi kasallanganlarning 228 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli S.M. (erkak) hamda Quyichirchiq tumanida yashagan 57 yoshli R.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 429 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 47 271 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3535 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.